Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya kompaniyalarining sarmoyalarni 82 mlrd dollarga qisqartirgani sababi ma'lum qilindi
Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi arzonga tushmasligini ko‘pchilik yaxshi tushunib yetgan. Bugungi kunga kelib ma'lum bo‘lishicha, Brexit tufayli mamlakatdagi kompaniyalarning uchdan biri 65,5 mlrd funt sterling (82 mlrd dollar)ga yaqin sarmoya kiritishni ortga surishga yoki bekor qilishga qaror qilgan. Bu haqda, CNN Money iqtisodiy va ishbilarmonlik tadqiqotlari markazi (CEBR) va Hitachi Capital UK hamkorligida tadqiqot o‘tkazgan natijasiga asoslangan holda xabar qilgan.
Tadqiqotga ko‘ra, Britaniyaning yirik va o‘rta kompaniyalarining 40 foizi sarmoyalarni qisqartirgani yoki bekor qilganini ma'lum qilgan. Kichik korxonalarning 23 foizi shunday qaror qabul qilgan. Sarmoya kiritish borasida xulosani o‘zgartirishga Brexit bo‘yicha referendumdan so‘ng, funt sterlingning 15 foiz qadrsizlangani sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, Britaniya kompaniyalari mamlakat Yevropa erkin savdo hududidan mahrum bo‘lishidan xavotirlanmoqda.
Mavzuga oid
14:37 / 26.02.2026
Ukraina dronlari uchun “ikkinchi kontur”: ishlab chiqarish Britaniyaga kengaydi
12:44 / 26.02.2026
“Transperensi”: RF britan ofshorlari orqali savdo olib bormoqda
22:48 / 25.02.2026
Birinchi Ukraina harbiy zavodi Buyuk Britaniyada ish boshladi - Zalujniy
12:19 / 25.02.2026