Jahon | 09:25 / 15.11.2016
5173
2 daqiqa o‘qiladi

Pan Gi Mun: “Jahonda 420 million nafardan ziyod kishi diabet kasali bilan og‘rimoqda”

Foto: Getty Images

Jahonda 420 milliondan ziyod kishi jiddiy alomatlar, masalan, jigarning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladigan hamda mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazadigan diabet kasali bilan og‘rimoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun aytib o‘tdi.

"422 mln atrofidagi odam diabet bilan yashamoqda. Ushbu kasallik umr davomiyligini qisqartiradi va unga jiddyi e'tibor berilmasa, jiddiy alomatlarga, xususan, jigarning ishdan chiqishi va yurak hurujiga olib keladi. U oilaviy byudjyet hamda mamlakat iqtisodiyotiga ham jiddiy zarar yetkazadi" - dedi Pan Gi Mun. Uning so‘zlariga ko‘ra, “diabet har yili keng tarqalayotgan kasalliklar jumlasiga kiradi. Bunga odamlarning keksayishi va semirish muammolari sabab bo‘lmoqda”. BMT Bosh kotibi ta'kidlagandek, so‘nggi 35 yil ichida ushbu kasallik bilan og‘riganlar soni keskin ortib ketgan. Bu holat ayniqsa daromadi past va o‘rta bo‘lgan mamlakatlarda qayd etilmoqda.

BMT ma'muriy boshlig‘ining ma'lum qilishicha, ayni kunda diabet so‘qirlik va ko‘rish holatining zaiflashuviga sabab bo‘lmoqda. "Odamlar o‘zlaridagi kasallikni ko‘rish darajasining pastlashganidan keyin boxabar bo‘lishmoqda, ammo bu holatda uni qayta tiklashga juda kech bo‘lgan bo‘ladi", - dedi BMT Bosh kotibi.

 

Mavzuga oid