Ravshan Ermatov klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishlaydi
O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov Yaponiya mezbonlik qiladigan 2016 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishlaydi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar bergan.
Bu xalqaro musobaqa o‘yinlarini boshqarib borish uchun har bir mintaqadan bittadan hakamlar brigadasi jalb etilgan. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)dan bahraynlik hakam Navof Shukrilla boshchiligidagi hakamlar brigadasi mazkur turnirda ishlaydi. Unga qanotlarda Yaser Tulefat va Ibrohim Saloh yordamchilik qiladi.
Ravshan Ermatov ushbu hakamlar brigadasiga video takrorlar bo‘yicha yordamchi hakam sifatida kiritilgan.
Ta'kidlash joiz, FIFA ushbu turnirda ilk bor futbol hakamlari ishini yengillashtirish va qarorlar adolatliligini ta'minlashni mukammallashtirish maqsadida video takrorlar texnologiyasini amalga tatbiq qilib ko‘radi.
Hisob bo‘yicha 13-marta o‘tkazilayotgan bu turnir Yaponiyada 8 dekabr kuni boshlanadi. Final 18 dekabr kuniga belgilangan. Turnirda 6 konfederatsiya g‘oliblari va mezbon jamoa qatnashadi.
Mavzuga oid
21:35 / 06.05.2022
O‘zbek sportining 30 yillik tarixidagi eng yaxshilar taqdirlandi
16:59 / 27.10.2021
«Oshing halol bo‘lsa, ko‘chada ye». Ermatov ishtirokida o‘tgan muhokamada ikki hakam xatosini tan oldi, Asimov va Serazitdinov qarorini tushuntirdi
11:55 / 12.04.2021
Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi
12:50 / 06.04.2021