Özbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy jamoaning yangi boş murabbiyi, italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan 2+3 körinişida şartnoma tuzdi. Bu haqda ÖFA vitse-prezidenti Ravşan Ermatov ma’lum qildi. 

Milliy futbol markazida ötkazilgan Kannavaroni taniştiruv marosimida milliy jamoaning sobiq boş murabbiyi Timur Kapadze ham yangi murabbiylar ştabida boş murabbiy yordamçisi sifatida qolişi ma’lum böldi.

Ravşan Ermatov OAV vakillari qarşisida Kannavaro va ştabining yillik maoşi miqdori 4 mln yevro bölişi haqida tarqalgan xabarlarni rad etib, bu miqdor aytilgan raqamning «yarmining yarmini ham» taşkil etmasligi, lekin tomonlar özaro kelişgan holda aniq raqamlarni oçiqlamaslikka qaror qilgani haqida aytib ötgan. 

«Murabbiyning oldiga qöyilgan asosiy vazifa aniq: jamoani jahon çempionatida munosib iştirok etişga tayyorlaş. Bu yölda biz unga töliq işonç bildiramiz. Şu bilan birga, milliy jamoaning barqarorligini saqlaş uçun Timur Kapadze yordamçi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda turli raqamlar tilga olinmoqda, ammo şuni oçiq aytmoqçimanki — bu miş-miş xolos. ÖFA barça jarayonlarni qonuniy, şaffof va öz imkoniyatlari doirasida amalga oşirgan.

Tarixiy natija qayd etib, Jahon çempionatiga yöl olişimizda mehnati singgan barça murabbiylarga, xususan Sreçko Katanets va Timur Kapadzega çuqur minnatdorlik bildiramiz.

Jahon çempionati bu katta musobaqa, uni butun dunyo tomoşa qiladi va futbol ommasining nigohi Özbekistonga qaratiladi. Şu sababli turnirda munosib iştirok etiş va mundial havosini olib kiriş uçun aynan futbolçi sifatida iştirok etgan mutaxassisni jalb qiliş közda tutilgan edi. ÖFA rahbariyati hamda Murabbiylar kengaşi tomonidan jamoamizni Jahon çempionatiga tayyorlaş uçun italiyalik mutaxassis — Fabio Kannavarro boş murabbiy etib tayinlanişi maqsadga muvofiq deb topildi.

Kannavaro futbol tarixidagi eng yaxşi himoyaçisi edi, istaymizmi yöqmi Jahon çempionatida natija qayd etiş uçun himoyani mustahkam saqlaş talab etiladi: U Jahon çempioni, “Oltin töp” sohibi va öz vaqtida himoyada işonç, intizom hamda yetakçilik timsoli bölgan. Himoyaviy öyin uslubi natija berişini kördik. Biz işonamizki, u özining xalqaro tajribasi, professional madaniyati va taktikasidagi qat’iylik orqali milliy jamoamizga yangi ruh va yangi tizim olib kiradi.