Özbekiston futbol assotsiatsiyasida U-17 Osiyo kubogi ğolibligini qölga kiritgan Özbekiston ösmirlar jamoasi futbolçilari va ularning ota-onalari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov jamoa a’zolari va ularning ota-onalarini tabriklab, bu ğalaba butun futbol jamoatçiligini xursand qilganini ta’kidladi.
Şuningdek, tarixiy va yuksak ğalabaga qaramasdan butun diqqat-eʼtiborni 2025 yilning noyabr oyida Qatarda ötkaziladigan FIFA Jahon çempionatiga qaratiş kerakligi, ğalaba hissi sabab xotirjamlikka berilmaslik, ğolibona ruhni yöqotib qöymaslik kerakligi aytib ötildi.
«Özbekiston farzandlari qançalik sabrliligi, mardonavorligi, har qanday qiyin vaziyatda ham, özini töğri tutib, qöygan maqsadi uçun oxirigaça kuraşib, sinmasdan, öz irodasini körsatadigan bolalar ekanini butun dunyo kördi. Bundan faxrlaşimiz kerak.
Futbol şunaqa narsaki, agar biz bir yaxşi natijaga erişsak, bu natijani köp vaqt öylab yuraversak, undanam yuqoriroq keyingi natijalarga erişişimiz qiyin bölib qoladi.
Keça bayram qildik, bugundan jahon çempionatiga tayyorgarlik körişni boşlaşimiz kerak. Agar biz bayram qilib yuraveradigan bölsak, jahon çempionatiga tayyorgarlikni sustlaştiramiz va jahon çempionatida munosib iştirok eta olmay qolişimiz mumkin.
Bayram kayfiyati yaxşi, ota-onalarimiz bayram qilaversin.
Bir iltimosim bor sizlardan. Tarix bor, avvalgi [öynagan] futbolçilar bor, avvallari ham mana şunday musobaqalarda iştirok etganimiz tajribasi ham bor. Eslaringda bölsa, jahon çempionatiga çiqib, jahon çempionatida muvaffaqiyatli iştirok etib, maşinalar berilgan öşa vaqtda ham.
Maşinalarni haydab, maşğulotlar ham qolib ketib... har xil örtoqlar paydo bölib qolgan yonida. Öziga örtoq emas, maşhurligiga örtoq... Örtoq unaqa bölmaydi. Maşhurlikka örtoq bölmaydi.
Şuning uçun bunday örtoqlar yoninglarda yurgan bölsa, haydanglar ularni. Bunaqa örtoq kerak emas. Bizning vaqtimiz yöq qayerlagadir borişga, ziyofatlarga borişga. Sportçi bunaqa bölmaydi. Bir narsaga erişiş uçun bir narsani qurbon qiliş kerak.
Vaqt tez ötadi, vaqtning qadrini bilişimiz kerak. Vaqtning bir daqiqasini ham bekor ötkazmasligimiz kerak. Tayyorgarlik, tayyorgarlik va tayyorgarlik. Şunda keyingi natijalar ham yaxşi böladi», – degan ÖFA birinçi vitse-prezidenti.












