— Osiyo kubogi mezbonligini qabul qiliş imkoniyatlari haqida:
— Osiyo kubogi qit’amizning eng nufuzli futbol turniri hisoblanadi. Şu sababli mezbonlikka da’vogar mamlakatlar köpçilikni taşkil etadi. Hozirda OFK arizalarni qabul qilmoqda. Keyingi bosqiçda ularni tasdiqlaydi va rasman e’lon qiladi. Imkoniyatlarni örganib çiqiş jarayoni şundan söng boşlanadi. OFK maxsus inspeksiyasi da’vogar mamlakatlar talablarga qançalik mosligini aniqlaydi. Osiyo futbol konfederatsiyasi qit’amizning barça hududlarida futbol yanada rivojlanişi tarafdori. Ayni paytgaça milliy jamoalar örtasidagi Osiyo kubogi aksariyat mintaqalarda bölib ötgan. Markaziy Osiyo uşbu turnirga hozirça mezbonlik qilmagan. OFK bizning mintaqaga ham özining eng katta musobaqasi mezbonligini taqdim etişiga umid bildiramiz.
— Osiyo kubogi mezbonlariga qanday talablar qöyiladi va uşbu mamlakatlar bunga tayyormi?
— Agar oxirgi yillarni oladigan bölsak, Özbekiston uçta yirik musobaqaga mezbonlik qildi. U-20 va U-23 Osiyo çempionatlari mezbonligiga nomzodimizni yuborganimizda dastlab OFK bizning qançalik tayyor ekanligimiz borasida öylandi. Keyinçalik barça talablarni öz vaqtida va sifatli bajarganimizdan söng heç qanday şubhaga örin qolmadi. Mehmonxonalar, logistika, transport va boşqa yönalişlar xalqaro standartlarga moslaştirildi. Hozir taşkiliy jihatdan OFK işonçini qozonganmiz, deb öylayman. Xalqaro maqomdagi stadionlarimiz ham bor. Lekin bizga siğimi kattaroq stadionlar kerak. Osiyo kubogining eng muhim öyinlarini qabul qiliş uçun 40-50 ming kişilik stadionlar talab etiladi. Biz bu masalada bir qança loyihalarni körib çiqyapmiz. Qöşnilarimiz ham barça şaroitlarni taqdim etişga tayyor. Masalan, Qirğiz Respublikasi poytaxti Bişkekda 51 ming muxlisga möljallangan stadion qurilişi boşlab yuborilgan. Işonçim komil, agar turnir bizga topşirilsa, Markaziy Osiyo tarixdagi eng yorqin forumlardan birini ötkaza oladi.
— Osiyo kubogi mezbonligining biz uçun qanday ijobiy tomonlari bor?
— Birinçi navbatda bu futbol muxlislari uçun katta bayram. Bugun Osiyo futboli rivojlanib boryapti. Eng yaxşi yulduz futbolçilar qit’amizga kelib öynaşyapti va osiyoliklar Yevropaning eng yirik klublariga yöl olişyapti. Ularning hammasi Osiyo kubogida iştirok etadi va yurtimiz maydonlarida unutilmas uçraşuvlar ötkazişadi. Qolaversa, milliy jamoamiz ham öz hududida yanada yaxşiroq iştirok etişga harakat qiladi. Qöşni qardoş mamlakatlar bilan munosabatlarimiz yanada mustahkamlanadi. Zamonaviy futbol infratuzilmasi rivojlanadi va mutaxassislarimiz xalqaro tajribaga ega böladi. Butun dunyo futbol jamoatçiligi e’tibori nafaqat futbolimizga, balki mamlakatlarimiz turizm salohiyati, madaniyati va tarixiga qaratiladi. Öz navbatida futbol orqali yurtimiz ravnaqiga hissa qöşiş imkoniyati paydo böladi. Barça sohalar singari futbol ham kompleks va keng qamrovli harakatlar bilangina rivojlanib boradi. Katta loyihalar ta’siri eng kiçik futbol maktablarigaça kirib boradi. Şu sababli, biz Osiyo kubogi kabi turnirni yurtimizga olib keliş uçun bor imkoniyatimizni işga solamiz, - deya Ermatovning sözlarini keltiradi ÖFA matbuot xizmati.











