Texnologiya | 09:54 / 15.11.2016
3865
1 daqiqa o‘qiladi

Siemens ikki yil ichidagi eng yirik bitimini tuzadi

Siemens kompaniyasi elektronika ishlab chiqarish va sanoatda loyihalash dasturlarini yaratishga ixtisoslashgan, AQShning Mentor Graphics kompaniyasini sotib olishini e'lon qildi. 

Siemens Mentor Graphics aksiyasi uchun 37,25 dollar to‘lashga tayyor. Taklif qilingan bu narx 11 noyabrda savdolar yopilishi oldidagi narxdan 21 foizga yuqoriroq.  

Siemens matbuot bayonotida Mentor‘ning sotib olinishi sanoat uchun dasturiy ta'minot yaratish sohasidagi imkoniyatlar o‘sishini o‘z ichiga oluvchi, konsernning Vision 2020 strategiyasini amalga oshirishiga ko‘mak beradi. 

AQSh kompaniyasi direktorlar kengashi umumiy qiymati 4,5 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin bo‘lgan bitimni ma'qulladi. Bitim 2017 yilning 2-choragida, tartibga soluvchi idoralardan ruxsat olingandan so‘ng yopilishi mumkin. Bu bitim Siemens tomonidan 2014 yildan beri tuzilgan eng yirik bitim bo‘ladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid