«Rosatom» korporatsiyasi Germaniyaning Siemens kompaniyasini sudga berişni rejalaştirmoqda. Bunga kompaniya Turkiyada qurilayotgan «Akkuyu» AESga uskunalarni yetkazib bermayotgani sabab bölmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Aleksey Lixaçev «Rossiya 24»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Sud jarayoni bölişi şubhasiz. Oldindan puli tölangan uskunalar yetkazib berilmadi. Bu biz uçun uskunalar xaridida ham, ularni işga tuşirişda ham qöşimça xarajatlarga olib keldi. Uşbu e’tirozlar taqdim etiladi», — deydi Lixaçev.
RF boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak oktyabr oyida Siemens qarori «kritik bölmasa-da, loyiha uçun ahamiyatli» ekani haqida gapirgandi
«Barça sa’y-harakatlarimiz, şuningdek, turk tomonini jalb etganimizga qaramay, muzokaralar konstruktiv natijalarni bermadi: uskunalar baribir maydonçaga yetkazilmadi», — deydi u.
«Rosatom» Turkiyaning Mersin viloyatida «Akkuyu» AESni qurmoqda. Stansiya har birining quvvati 1200 megavattni taşkil etadigan törtta energoblokdan iborat böladi. Bu Turkiyadagi birinçi atom elektr stansiyasiga aylanişi kerak. Rossiya va Turkiya AES quriş böyiça 2010 yilda bitim imzolagan edi. RF prezidenti Vladimir Putin stansiya 2023 yil oktyabrda işga tuşirilişini e’lon qilgandi, ammo loyiha bu muddatda yakunlanmadi. Novak stansiyaning törtala energobloki ham 2028 yilda iş boşlaşini ma’lum qilgan, biroq ularning birinçi qaçon işga tuşirilişiga oydinlik kiritmagan.
2023 yil fevralda Germaniya hukumati Siemens Energy kompaniyasiga atom elektr stansiyasi uçun elektrotexnik uskunalarni yetkazib berişga ruxsat bermagani ma’lum bölgandi. Mamlakat hukumati uskunalar ma’lum bir obekt uçun tayyorlangan bölsa-da, ular Rossiyaga olib ketilişi mumkinligidan xavotirda.












