Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning sobiq xotini AQShning Chexiyadagi elchisi bo‘lish istagini bildirdi
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning sobiq xotini Ivana Tramp AQShning Chexiyadagi elchisi bo‘lish istagini bildirdi. Bu haqida u The New York Post gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Unga meni AQShning Chexiya respublikasidagi elchisi etib tayinlashni taklif qilaman, - dedi u. - Men asli o‘sha yerlikman, chex tili - mening ona tilim va u yerda meni hamma yaxshi taniydi. Shuningdek men nafaqat Amerika, balki butun dunyo bo‘ylab tanilganman. Men uch kitob muallifiman, asarlarim 40 mamlakatda 25 tilga tarjima qilingan. "Ivana" nomi ostida tanilganman va "Tramp" familiyasining ismimga qo‘shib aytilishiga hojat yo‘q".
Ivana Tramp 67 yoshda, u Chexiyaning Zlina shahrida dunyoga kelgan. Trampning sobiq turmush o‘rtog‘i Karlovo universitetida ta'lim olgan, Chexiyaning chang‘i bo‘yicha terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1977 yilda u Trampga turmushga chiqqan, bu ayol uchun - ikkinchi, Donald uchun esa - birinchi turmush bo‘lgan. Juftlik 15 yil birga hayot kechirgan, ularning 3 nafar farzandi bor. Ivana Tramp besh tilda so‘zlashadi va muntazam ravishda o‘z Vatanini ziyorat qiladi.
Chexiya prezidentining matbuot kotibi Milosha Zemana Yirji Ovchachek Ivana Trampning elchi bo‘lish haqidagi qarorini bajonidil qo‘llab-quvvatladi. Bu haqida u o‘zining Twitter'dagi mikroblogida ma'lum qildi.
Bir qator chex siyosatchilari Ivananing qarorini qo‘llab-quvvatlashdi. "U bizning nimani his qilishimiz, nimaga intilishimiz hamda tariximizni yaxshi biladi. Mening fikrimcha, bu juda yaxshi bo‘lardi", - dedi Chexiya bosh vaziri o‘rinbosari, ANO harakati yetakchisi Andrey Babish Nova telekanaliga bergan intervyusida.
"Bizning mamlakatimizga aloqasi bor, muammolarimizni yaxshi anglab yetuvchi inson elchi bo‘lsa, foydadan xoli bo‘lmaydi", - deya Babashning fikrini qo‘llab-quvvatladi Chexiyaning muxolifat Fuqarolik demokratik partiyasi yetakchisi Petr Fiala.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026