Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi IHTning yangi bosh kotibiga nomzodlar ko‘rib chiqiladigan sessiyada ishtirok etadi
2016 yilning 17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Makka shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Majlisda ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan IHT yangi Bosh kotibi nomzodini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
"O‘zbekiston delegatsiyasining Makka shahriga tashrifi doirasida IHT Bosh kotibiyatida hamda boshqa davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekistonning tashkilot TIVKdagi raisligining ustuvor maqsadlarini amalga oshirish jarayoni hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilinadi", — deyilgan xabarda.
Alyansning sobiq Bosh kotibi Iyad Madaniy Misr prezidenti haqida aytgan latifasidan so‘ng 1 noyabr kuni iste'fo bergandi. Saudiya Arabistoni qirollikning ijtimoiy masalalar bo‘yicha vaziri Yusuf Bin Ahmad al-Usaymin nomzodini alyans bosh kotibligiga ilgari surmoqda.
Ma'lumot uchun, IHT 1969 yilning sentabrida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda Islom birdamligini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan. 2011 yilga qadar u Islom anjumani tashkiloti deb atalgan. Bugungi kunda IHTga a'zo mamlakatlar soni 57taga yetgan.
Mavzuga oid
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
21:48 / 14.09.2025
Makka shahridagi deportatsiya markazida saqlanayotgan o‘zbekistonliklar qisqa muddatlarda vatanga qaytariladi
18:09 / 15.08.2025
“Umra–2025/26” ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi
17:32 / 04.06.2025