O‘zbekiston | 14:04 / 16.11.2016
6009
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilni “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” madaniy almashinuv yili deb nomlash taklifi ma'qullandi

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

2016 yilning 15-16 noyabr kunlari Seul shahrida tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida hamkorlik bo‘yicha “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” o‘ninchi Forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar bergan.

Muloqot davomida Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyoning besh mamlakati vakillari ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Ta'kidlanganidek, mazkur Forum tashkil qilinganidan buyon o‘tgan 10 yil davomida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, innovatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish uchun samarali maydonga aylandi.

Forumda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi va Markaziy Osiyoda koreyslar yashayotganining 80 yilligi munosabati bilan 2017 yilni – “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” madaniy almashinuv yili deb nomlash to‘g‘risidagi Janubiy Koreya tomonining taklifi ma'qullandi.

Tadbir doirasida “elektron hukumat” va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik bo‘yicha mavzulashgan sessiyalar bo‘lib o‘tdi.

Majlis yakunlariga ko‘ra Deklaratsiya qabul qilindi hamda 2017 yildan boshlab hamkorlik bo‘yicha “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” Forumi Kotibiyati ish boshlashi e'lon qilindi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid