Janubiy Koreyaning Seul shahridagi mashhur Banpo Xi turar joy kompleksida joylashgan 244㎡ kvartira 7,4 mlrd vonga (taxminan 5 mln 94 ming dollar) sotildi, deya xabar berdi mahalliy Choson.biz nashri. Bu ushbu hududdagi eng yuqori tranzaksiya bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hashamatli xarid 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi A. tomonidan o‘tgan yilning noyabr oyida amalga oshirilgan. Xaridorning manzili sifatida Toshkentdagi “Koreya-O‘zbekiston an’anaviy tibbiyot klinikasi” ko‘rsatilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 7,4 mlrd vonning barchasi naqd pulda to‘langan, chunki mulk dalolatnomasida alohida ipoteka ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.
Banpo Xi jami 3410 ta turar-joydan iborat katta majmua bo‘lib, bu yerdagi xonadonlarda Janubiy Koreyaning bir qator boy va mashhur insonlari yashaydi.











