Jahon | 21:52 / 16.11.2016
3798
1 daqiqa o‘qiladi

2040 yilgacha jahon energetikasiga 44 trln dollarlik investitsiyalar kiritiladi

2040 yilgacha jahon energetikasiga 44 trln dollarlik investitsiyalar kiritiladi, deb ma'lum qilindi Xalqaro energetika agentligi tomonidan tayyorlangan World Energy Outlook yillik sharhida.

Taxmin qilinishicha, neftga jahon talabi 24 yildan keyin kuniga 103,4 mln barrelga yetadi, bu esa hozirgi darajadan 10 foizga ko‘proqni tashkil qiladi. Avvallari uglevodorod zaxiralariga talab ancha tezroq o‘sgan.

Agentlik tahlilchilarining taxmin qilishicha, is gazining atmosferaga chiqarilishini qisqartirish bo‘yicha olib boriladigan faol ish chiqindilarning ko‘payishi sur'atini 2,4 foizdan 0,5 gacha tushirishi va tiklanuvchi energiya manbalari ulushini ko‘paytirishga olib kelishi kerak.  

Sharhda ta'kidlanishicha, neft narxining yaqin yillarda tez o‘sishiga katta imkoniyat bor. Hozirgi narxlar tufayli investitsiyalar kuchli darajada qisqaradi, bu esa bir necha yil davomida bozorda taklifning qisqarishiga olib keladi. Oqibatda 2020 yilgacha neft narxi 80 dollargacha oshadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid