Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
Saudiya Arabistoni tomonidan narxlarning pasaytirilishi Hindiston neftni qayta ishlash zavodlariga Rossiya barrellari o‘rniga uning neftini sotib olish uchun aniq taklif ekani ta’kidlanmoqda.
Saudiya Arabistoni - dunyodagi eng yirik neft eksportchisi - osiyolik mijozlar uchun o‘z neftining barcha navlari narxini pasaytirmoqda, deb yozdi Reuters qirollikning Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining oylik narxlar ro‘yxatiga tayanib.
Saudiya Arabistonining Arab Light brendi narxi dekabr oyida yetkazib berish sharti bilan bir barrel uchun 1,2 dollarga pasaytiriladi: endi u Oman/Dubai benchmark uchun 1 dollar ustama bilan sotiladi. Arab Extra Light va Arab Super Light navlari uchun ham xuddi shunday chegirmalar belgilangan - bir barrel uchun 1,2 dollar. Arab Medium Arab Heavy og‘ir nefti narxi esa bir barrel uchun 1,4 dollarga arzonlashadi.
Saudiya Arabistoni tomonidan narxlarning pasaytirilishi Hindiston neftni qayta ishlash zavodlariga Rossiya barrellari o‘rniga uning neftini sotib olish uchun aniq taklifdir, dedi The Economic Times gazetasining Hindiston neft sanoatidagi manbasi. Chegirmalar dekabr oyidagi ta’minotga taalluqli - aynan shu oyda «Rosneft» va «Lukoyl»ga qarshi sanksiyalar to‘liq kuchga kiradi (AQSh Moliya vazirligi ular bilan operatsiyalarni 21 noyabrgacha yakunlashni talab qilgan).
Ilgari Rossiyadan Hindistonga eng yirik neft importchisi bo‘lgan Reliance Industries oktabr oyida Rossiya ta’minotiga qaramlikni kamaytirish uchun Saudiya Arabistonidan xomashyo sotib olishni 87 foizga oshirdi. Saudiyaliklarning chegirmalari Reliance va Hindistonning davlat neftni qayta ishlash zavodlarini saudiyaliklardan yanada ko‘proq partiya sotib olishga majbur qilishi mumkin, deb yozdi Economic Times.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr oyidan Hindistonning beshta neftni qayta ishlash korxonasi Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatadi. Ular Rossiyadan Hindiston bozoriga keladigan neftning 65 foizini - kuniga 1 million barreldan ortiq neftni import qilgan.
Shuningdek, Xitoy davlat kompaniyalari ham «Lukoyl» va «Rosneft»dan bevosita xaridlarga boykot e’lon qildi. Davlatga tegishli Sinopec va PetroChina allaqachon Rossiyadan bir qator xomashyo xaridlarini bekor qilgan. Rystad Energy hisob-kitoblariga ko‘ra, «xaridorlarning boykoti» Rossiyaning Xitoyga neft eksportining deyarli 45 foiziga ta’sir qilgan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
19:25 / 01.06.2026