Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidenti Barak Obama prezident sifatida so‘nggi marotaba Germaniyaga keladi
16 noyabr kuni AQSh rahbari Barak Obama ikkinchi marta Berlinga safar uyushtiradi. Bu uning davlat rahbari sifatida Germaniyaga so‘nggi tashrifi bo‘ladi. Obama ushbu tashrifi doirasida kansler Angela Merkel hamda Yevropaning boshqa yetakchilari — Fransiya prezidenti Fransua Olland, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy va uning italiyalik hamkasbi Matteo Rentsi bilan uchrashadi.
Germaniya OAVning qayd etishicha, dastlab safar yuksak odobni namoyish etishi kerak edi, biroq, Donald Trampning g‘alabasidan so‘ng, barchasi o‘zgargan. DPA agentligining yozishicha, Obama, yangi saylangan prezident o‘z vazifasiga kirishganidan so‘ng, AQShning yevropaliklar bilan o‘rnatgan munosabatlari barbod bo‘lmasligi uchun choralarga ko‘rishga urinadi.
Amerikaning prezidentining bu safargi tashrifi Berlin aholisining yodida aniq qolishi shubhasiz, deb yozadi agentlik. Chunki, shu munosabat bilan jiddiy xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Shahar markazida fuqarolar harakati taqiqlangan, Berlin osmonida parvozlardan holi hudud e'lon qilinib, metroning ayrim bekatlari va S-Bahn shahar elektrpoyezdlari tarmog‘i harakati to‘xtatiladi.
Mavzuga oid
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026
O‘zbekiston Bonnda iqlim majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yutuqlarini taqdim etdi
18:47 / 14.06.2026