Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina futbolchilari Lavessini marixuana chekishda ayblagan OAVga boykot e'lon qildi
Argentina terma jamoasi futbolchilari OAV vakillari bilan boshqa suhbatlashmaslikka qaror qilgan. Bu haqda «albiseleste» sardori Lionel Messi gapirib o‘tgan.
«Argentina terma jamoasi futbolchilari OAV bilan boshqa gaplashmaslikka qaror qildi. Biz o‘zimizga qaratilgan jiddiy ayblovlar haqida eshitdik. Agar bu vaziyatni hozir kesib o‘tmasak, keyinchalik hech qachon bu ishni uddalay olmaymiz. Buni eplolmasak, umuman o‘ynamay qo‘yganimiz yaxshi. Yo‘qsa bizni shunchaki ko‘mib qo‘ya qolishadi. Juda ham afsusdaman, lekin bizda boshqa yo‘l qolmagandi», — degan Messi.
Radio Mitre jurnalisti Gabriel Anelo hujumchi Esekel Lavessini Kolumbiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvdan (3:0) oldin marixuana chekkanligi bilan ayblab chiqqach, Argentina terma jamoasi futbolchilarining aynan shunday qarorga kelishgan.
Mavzuga oid
09:02 / 26.01.2026
Andijonda yirik miqdorda giyohvandlik vositasi saqlagan shaxs ushlandi
08:22 / 14.11.2025
Qashqadaryoda fuqaroning uyidan 20 kilodan ortiq marixuana musodara qilindi
07:50 / 25.01.2025
5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
09:30 / 18.06.2024