IIV Tezkor qidiruv departamenti xabar berişiça, 1981 yilda Bulunğur tumanida tuğilgan şaxs maxsus xaridorga 1 kg marixuanani 25 mln sömdan sotişni rejalaştirgani töğrisida ma’lumotlar olingan.

Maxsus xaridor bilan boğlangan şaxs 5 kg yukni tayyorlab qöyganini ma’lum qilgan. 

Ötkazilgan tezkor tadbirda vazni taxminan 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan şaxs daliliy aşyolar bilan qölga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.