Erdo‘g‘an Mursiyni zudlik bilan ozod etishga chaqirdi
O‘lim jazosidan qutilib qolgan Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy ozod etilishi ham kerak. Bu fikr Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan bildirildi.
Misr kassatsiya sudi 15 noyabr kuni mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va «Musulmon birodarlar» uyushmasining qator rahbarlarini qamoqxonadan qochish, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan chiqarilgan o‘lim hukmiga apellyatsiyasini qondirgandi.
2011 yilda qamoqxonadan qochishni tashkillashtirish, huquq organlari xodimlariga hujumlar uyushtirish va chet el razvedkalari foydasiga josuslik qilishda ayblangan Muhammad Mursiy va «Musulmon birodarlar» tashkilotining 105 nafar tarafdori o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Biroq mamlakat qonunchiligiga muvofiq, ushbu hukmni Misr oliy muftiysi tasdiqlab berishi kerak edi.
"O‘lim hukmi bekor qilinishi — bu katta qadam emas. Bu insonlar (Mursiy va uning tarafdorlari) 3 yildan buyon qamoqda. Ular qanday sharoitlarda saqlab kelingani ham ma'lum emas. Bundan keyin nima bo‘ladi? Umrbod qamoq jazosi haqida gapirishmoqda. Yo‘q. Ularni zudlik bilan ozod etish kerak, faqat shunday qadam tashlash kerak. Buni Misrning ichki ishlariga aralashish deb hisoblanmasin. Mursiyni davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatdan chetlatishgan, biz bunday demokratik yo‘lni tan olmaymiz", — degan Erdo‘g‘an Anqarada o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida.
Mursiyning ag‘darilishidan keyin Turkiya va Misr munosabatlari keskin yomonlashgandi. Erdo‘g‘an misrlik harbiylarning tartibsizliklarni bostirishdagi harakatlarini keskin qoralagan va Mursiyni Misrning qonuniy prezidenti sifatida bilishini ta'kidlagandi.
Turkiya 2013 yilning avgustida Misrdagi elchisini maslahatlashuv uchun chaqirib olgan, o‘z navbatida Misrning Anqaradagi elchisi ham ortga qaytarilgandi. Ko‘p o‘tmay Misr turkiyaliklar elchisini, Turkiya esa misrliklar elchisini persona non grata shaxslar deb e'lon qildi.
Erdo‘g‘an Misr bilan munosabatlar yaxshilanishi uchun o‘z shartini ma'lum qildi
Mavzuga oid
09:51 / 15.10.2019
Tramp Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
00:34 / 27.09.2019
Misr Erdo‘g‘anning Mursiy haqidagi so‘zlari uchun Turkiyaga norozilik bildirdi
22:00 / 24.09.2019
Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirdi
19:04 / 21.09.2019