Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:25 / 17.11.2016
5019
1 daqiqa o‘qiladi
Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun vizalarni bekor qilishni birlamchi ma'qulladi
Foto: Reuters
Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukraina bilan vizasiz tartib kiritishni birlamchi ma'qulladi, deb xabar bermoqda diplomatik manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, ukrainaliklar uchun vizalarning bekor qilinishi ularning Yevropa davlatlarida qisqa muddat davomida bo‘lishlarini nazarda tutadi.
"Men bizning qaror 24 noyabrdagi Yevropa Ittifoqi – Ukraina sammiti arafasida ijobiy signal yuborishi mumkinligidan xursandman", deb aytdi Slovakiyaning YeIdagi vakili Piter Yavorchik.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish