Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda «Bo‘ydoqlar kuni»dagi sotuvlar internet-platformalarga 26 mlrd dollar keltirdi
Xitoyda «Bo‘ydoqlar kuni»da internet orqali 24 soat mobaynida 26,2 milliard dollar miqdoridagi mahsulot va xizmatlar savdosini amalga oshirildi. Bu haqda TASS agentligi Xitoy tijorat vaziri Sun Tszivenga asoslanib xabar bergan.
Tszivenning ma'lum qilishicha, joriy yilda Xitoydagi internet-platformalaridagi savdolarda dunyoning 235 davlati va mintaqasidagi iste'molchilar ishtirok etdi.
U bu yilgi savdo hajmi yuqori bo‘lgani faqatgina internet-do‘konlar, balki boshqa sohadagi korxonalar hisobiga ham ro‘y berganini ta'kidlagan.
«Bo‘ydoqlar kuni» Xitoyda 11-oyning 11-sanasida nishonlanadi. Ushbu bayramda internet-do‘konlar o‘z xaridorlari uchun mahsulotlarini arzon narxlarda sotadi. Mahsulotlarning deyarli barchasi katta chegirmalar bilan sotiladi.
Bu yilgi «Bo‘ydoqlar kuni»da ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar, mehmonxonalar, restoranlar, aviakompaniyalar va biznesning boshqa sohalari ham ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Alibaba kompaniyasi «Bo‘ydoqlar kuni»da ilk 5 daqiqada 1 milliard dollar ishlab topgani ma'lum qilingan edi.
Shu bilan birga Alibaba «Bo‘ydoqlar kuni»da 17,73 mlrd dollar daromad qilib, o‘tgan yilgi rekordini (32 foiz o‘sish) yangiladi.
Bu yilgi savdolarda asosan Apple, Nike, New Balance, Adidas va Ugg kabi chet el brendlari yetakchilik qildi. Bu safar voqeaga qiziqishni yana oshirish uchun, kompaniya chegirmali savdo ochilishiga aktrisa Skarlett Yoxansson, futbolchilar Devid Bekxem va Tomas Myuller, basketbolchi Kobi Brayant va One Republic rok-guruhini taklif etdi.
Mavzuga oid
02:32 / 10.09.2025
Alibaba humanoid robotlarga investitsiya kiritdi
13:49 / 30.01.2025
Alibaba DeepSeek’dan ustun sun’iy intellekt ishlab chiqqanini ma’lum qildi
20:31 / 03.05.2022
Ma ismli shaxs hibsga olingani to‘g‘risidagi xabardan so‘ng Alibaba aksiyalari narxi tushib ketdi
14:12 / 26.10.2021