Şençjyenda joylaşgan X Square Robot 2023 yilning dekabrida işga tuşirilgan bölib, hali ikki yil tölmaganiga qaramay, bu uning sakkizinçi moliyaviy raundi hisoblanadi.

Ötgan vaqt davomida startap jami 2 milliard yuan (280 million dollar)ga yaqin investitsiya jalb qilgan.

Vençur kapitalistlar gumanoid robotlarga katta mablağ kiritmoqda. Ular generativ sun’iy intellekt bilan integratsiya bu maşinalarning odamlar bilan özaro aloqasini tubdan özgartirişiga işonişmoqda.

Humanoid Guide tadqiqot firmasi bu kabi robotni bozorda 80 ming dollarga sotiş mumkin, deb hisoblamoqda. Raqobatçi Unitree esa 16 ming dollarlik gumanoid robot sotmoqda, ammo uning funksiyalari ança past.

Startap kelasi yili IPO (birlamçi aksiyalarni joylaştiriş)ga çiqişni rejalaştirmoqda. X Square Robot maktablar, mehmonxonalar va qariyalar uylari bilan sotuvlardan daromad topmoqda va bu körsatkiç keyingi yilda yanada oşişi kutilmoqda.

Kompaniya, şuningdek, Yaponiyada va Singapurda mijozlar bilan muzokaralar olib borayotganini bildirdi. Ammo robotlarning keng iste’mol bozoriga çiqişi uçun narx 10 000 dollargaça tuşişi lozim. Bunga esa, asosan, apparat qismlarining arzonlaşişi orqali erişiş mumkin.

Şu bilan birga, robotlar uçun SI hanuz generativ darajadan ança orqada qolmoqda. Bu borada Xitoy robotlar va SI qöllanmalari böyiça global ustunlikka çiqiş yölida davom etyapti.