Alipay nima?
Alipay Alibaba ekotizimiga kiradi. Ilova Ant Group kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan – u Taobao, Tmall va AliExpress egasi hisoblangan Alibaba Group’ning şö’ba tuzilmasi hisoblanadi. Ant Group tölov texnologiyalari, moliyaviy servislar va raqamli identifikatsiya bilan şuğullanadi va Alipay uning asosiy mahsulotidir.
Alipay’da qanday röyxatdan ötiladi?
App Store yoki Google Play orqali Alipay ilovasini örnating. Boş ekranda «Sign Up»ni tanlang va telefon raqamini kiriting. Ilova SMS-kod jönatadi, raqamni tasdiqlaş uçun kodni kiriting.

Ilovaga kirganingizdan Alipay ismingiz va mamlakatingizni söraydi. Bu ma’lumotlarni keyinroq özgartiriş mumkin. Ilova şuningdek, kameraga kirişga ruxsat söraydi, bu QR-kodlarni skanerlaş uçun kerak.
Raqam tasdiqlanişi bilan röyxatdan ötiş yakunlanadi. Qöşimça tekşiruvlar akkaunt yaratiş bosqiçida emas, faqat tölovlarni ulaş paytida paydo böladi.
Alipay’ga kartani qanday boğlaş va tölovni faollaştiriş mumkin ?
QR-kod orqali tölovni amalga oşiriş uçun bank kartasini boğlaş kerak. Asosiy menyuda «Me» bölimiga kiring, söng «Bank Cards» yoki «Add Card»ni tanlang. Alipay karta ma’lumotlarini — raqami, amal qiliş muddati va CCV kodini kiritişni söraydi.

Ma’lumotlar kiritilganidan söng ilova kartani avtomatik ravişda boğlaydi yoki bankingizga sörov yuboradi. Bunday hollarda boğlaşni bankdan kelgan SMS-kod orqali tasdiqlaş kerak böladi. Muvaffaqiyatli tasdiqdan söng karta röyxatda paydo böladi va Alipay tölovlarni faollaştiradi.
Xalqaro Visa, Mastercard va UnionPay kartalari qöllab-quvvatlanadi, ammo tölov muvaffaqiyatli bölişi bankka boğliq. Agar amaliyot bajarilmasa, buning sababi ilovada emas, bank çeklovida böladi.
















