Sport | 13:23 / 17.11.2016
3797
1 daqiqa o‘qiladi

Shaxmat musobaqasida toshkentlik sportchi shveysarcha tizim bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi

Foto: © Fotolia

Toshkentda shaxmat bo‘yicha an'anaviy "Oltin kuz" reyting turniri o‘tkazildi. Musobaqada o‘ttizdan ziyod shaxmatchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shveytsarcha tizimda to‘qqiz turdan iborat turnirda poytaxtlik Rustam Saidaliyev 7,5 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. U to‘qqiz partiyaning  yettitasida g‘alaba qozonib, bittasida durang natijani qayd etdi.
Yana bir poytaxtlik shaxmatchi Aleksandr Agishev yetti ochko bilan ikkinchi o‘ringa, xorazmlik Nilufar Yoqubboyeva 6,5 ochko bilan uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, qizlar o‘rtasida poytaxtlik Asal Salimova, o‘n to‘rt yoshgacha o‘g‘il bolalar bahsida Toshkent viloyatidan Samandar Shermuhammadov, faxriylar orasida toshkentlik Shavkat Yo‘ldoshev g‘olib, deb topildi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid