Tezkor tadbirlardan birida 1996 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning Mirzo Uluğbek tumanidagi vaqtinçalik yaşaş xonadoni közdan keçirildi. Tekşiruv jarayonida plastik idişda saqlanayotgan giyohvandlik vositasi, 300 dona zip-paket, izolentalar va elektron tarozi aniqlandi.

Dastlabki suriştiruvlar davomida mazkur şaxs özining onasiga tegişli Toşkent tumanidagi xonadonda giyohvandlik ösimliklarini yetiştirayotgani ma’lum böldi. Uşbu manzil közdan keçirilganda 10 tup kannabis ösimligi, bir tup quritilgan giyohvandlik vositasi, şuningdek, ularni parvarişlaşda foydalanilgan kimyoviy vositalar hamda elektron tarozi aşyoviy dalil sifatida olindi.

Yana bir holatda «Samarqand–Xorazm» yönalişida harakatlanayotgan «Cobalt» rusumli avtomaşina Tuproqqal’a tumani hududida DXX va IIB xodimlari tomonidan töxtatilib, tekşirildi. Natijada avtomaşinada yölovçi sifatida ketayotgan, Urgut tumanida yaşovçi 2003 yilda tuğilgan şaxsga tegişli 810 gramm «opiy» moddasi borligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekşiruv davomida uşbu giyohvandlik vositasi qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kirilgani va Xorazm viloyatida sotiş maqsadida taşilayotgani ma’lum böldi. Hozirda mazkur jinoyatga aloqador boşqa şaxslarni aniqlaş böyiça tezkor tadbirlar davom etmoqda.

Har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.