Turkiya politsiyasi Van shahri merini hibsga oldi
Turkiya politsiyasi Van shahri meri Bakir Kayani hibsga oldi, deb xabar bermoqda 17 noyabrda DHA axborot agentligi.
Meriya binosida tintuvlar o‘tkazilmoqda. Hibsga olingan mer Turkiya hukumati tomonidan taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqadorlikda ayblanadigan Viloyatlar demokratik partiyasi a'zosi bo‘lib, avval KIP bilan aloqa uchun qamoq jazosini o‘tagan.
Avvalroq Turkiya hukumati mamlakatning janubi-sharqidagi ma'muriy hududlarning 28 rahbarini KIP bilan aloqa sababli lavozimidan chetlatishini e'lon qilgandi. Bu qaror mamlakatda 16 iyulga o‘tar kechasi amalga oshirilgan davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin joriy qilingan favqulodda vaziyat tartibi amal qilishi doirasida qabul qilindi.
Xalqlar demokratiyasi partiyasining parlamentdagi 10 a'zosi va aholisi asosan kurdlardan tashkil topgan shaharlar merlari, jumladan kurdlarning norasmiy poytaxti hisoblanuvchi Diyorbakir shahri meri ham hibsga olingan.
Mavzuga oid
00:32 / 04.12.2022
Turkiyaning birinchi uchuvchisiz qiruvchi samolyoti sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
00:54 / 03.12.2022
Turkiyalik sharhlovchi JCh-2022 o‘yini tanaffusida efirdan chetlatildi
11:10 / 28.11.2022
O‘zbekiston va Turkiya yirik logistika infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirmoqchi
17:10 / 25.11.2022