Jamiyat | 15:06 / 18.11.2016
4979
2 daqiqa o‘qiladi

300 kishining o‘limiga aloqadorlikda ayblanayotgan sobiq mer qo‘lga olindi

Meksikadagi Alende shahrining sobiq meri "Zetas" guruhi a'zolari tomonidan amalga oshirilgan ommaviy qotillikka aloqadorlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi

Bosh prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, sobiq shahar rahbari Serxio Losano 300 kishining o‘limiga aloqador. Ommaviy qotillik "Zetas" a'zolari tomonidan giyohvand moddalar sotuvidan tushgan daromadning o‘g‘irlanishiga javoban uyushtirilgan. 

Hukumat xabariga ko‘ra, jinoyatchilar shaharning 160-200 kishisini qatl qilishgan. Manbada ta'kidlanishicha, sobiq mer bu voqealar haqida hech narsa bilmasligi mumkin emas. 

Jinoiy guruhning sobiq a'zolaridan biri Gektor Moreno kartel boshlig‘i buyrug‘i bilan jami 300 kishining o‘ldirilganini ma'lum qildi. Shuningdek u guruhning 2007 yildan 2011 yilgacha AQSh chegarasi orqali 5 tonnagacha giyohvand modda olib o‘tganini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar hukumati pora evaziga jinoyatchilarni himoya bilan ta'minlagan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid