Jahon | 08:16 / 18.11.2016
8111
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bosh vaziri Tramp bilan uchrashuvdan keyin uni ishonchli yetakchi deb atadi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp xorijiy yetakchi bilan birinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Bu yetakchi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bo‘ldi. Uchrashuv Trampning bosh qarorgohi bo‘lgan, Nyu-Yorkdagi Tramp-tauerda bo‘lib o‘tdi va norasmiy ko‘rinishga ega bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Abe 90 daqiqa davom etgan uchrashuvni samimiy, "iliq muhitda" o‘tdi, deb atadi. Muloqot natijalariga ko‘ra, Abe Trampni ishonch bildirishga loyiq bo‘lgan ishonchli yetakchi deb ta'rifladi. Biroq Yaponiya bosh vaziri suhbatning tafsilotlarini oshkor qilishni istamadi va yana bitta uchrashuv rejalashtirilganini ma'lum qildi.

Avvalroq Tramp va Abe uchrashuvi bo‘lib o‘tishi tashkilotchilik yo‘qligi sababli xavf ostida qolgani ma'lum qilingandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid