Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: Tramp Rossiya va AQSh munosabatlarida muhim rol o‘ynaydi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama siyosatida teran aql ustunlik qilib, 20 yanvardan keyin esa Rossiya va AQSh munosabatlarida muhim rolni yangi prezident etib saylangan Donald Tramp o‘ynashiga umid bildirdi. Lavrov bu haqda "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"U (Barak Obama) Trampga saylovoldi shiddati bilan hayotdagi amaliy ishni farqlashni maslahat bergan. Menda Obama vaziyatning emotsional tomonida turgani va aniq muammolarni hal qilishni borgan sari kamroq o‘ylayotgani tuyg‘usi bor. Umid qilamanki, teran aql oxir-oqibat ustunlik qiladi", deb aytdi Lavrov.
Lavrov Tramp Rossiya-AQSh munosabatlarida muhim rol o‘ynashiga ishora qildi.
"20 yanvardan keyin biz va AQSh o‘rtasida shakllanadigan munosabatlarga kelsak, unda Donald Tramp albatta muhim rol o‘ynaydi", deb aytdi Lavrov.
Mavzuga oid
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026