Sport | 15:10 / 18.11.2016
5964
1 daqiqa o‘qiladi

Zidan Ronalduni «Atletiko»ga qarshi o‘yinda odatdagidan boshqa nuqtaga qo‘yadi

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Zaynidin Zidan Ispaniya chempionatining 12-turida «Atletiko»ga qarshi kechadigan o‘yinda Krishtianu Ronalduni noan'anaviy nuqtada o‘ynatmoqchi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, bu derbida Ronaldu markaziy hujumchi sifatida harakatlanadi. Bu Karim Benzema jarohatidan to‘liq tiklanib olmagani va shu tufayli o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlamasligi, ikkinchi hujumchi Alvaro Morata esa jarohat olib, 1 oy muddatga safdan chiqqani bilan bog‘liq hisoblanadi.

Shu tufayli murabbiy asosan chap qanotda harakatlanishga odatlangan Ronalduni markaziy hujumchi, ya'ni "to‘qqizlik" sifatida o‘ynatishni rejalashtirmoqda. Uning chap qanotdagi o‘rnini Garet Beyl egallaydi, o‘ngda esa Lukas Vaskes harakat qiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid