Madridliklar «Kamp Nou»dan maksimum natija bilan qaytdi
«Barselona» – «Atletiko» 0:2
Gollar: Alvares, 45 (0:1). Syorlot, 70 (0:2)
«Barselona»: X. Garsiya, Kubarsi, Martin, Joau Kanselu (Balde, 86), Kunde (Arauxo, 73), Pedri (Gavi, 46), E. Garsiya, Olmo, Reşford (Torres, 73), Yamal, Levandovski (Fermin Lopes, 46)
«Atletiko»: Musso, Gansko (Pubil, 31), Le Norman, Rudjyeri, Molina, Koke (Baena, 60), Liorente, Lukman (Syorlot, 60), Simeone (Almada, 80), Grizmann (Gonsales, 80), Alvares
Ogohlantirişlar: Gavi, 65. Joau Kanselu, 90 – Koke, 31. Pubil, 45. Baena, 63
Çetlatiş: Kubarsi, 44
8 aprel oqşomida «Nou Kamp» öyingohida Yevropa Çempionlar ligasi çorakfinali doirasida «Barselona» va «Atletiko» örtasida keçgan öyinni 44-daqiqada röy bergan epizod hal qildi.
Hansi Flik jamoasiga yuqori himoya çiziği yana bir bor pand berdi – dam oliş kunlarida la liga doirasidagi öyinda bölganidek Juliano Simeone ofsayd qopqoniga tuşmasdan himoyaçilar ortiga oçildi, Kubarsi esa unga nisbatan sönggi umid folini işlatib töxtatişga majbur böldi.

Öyin boş hakami Iştvan Kovaç avvaliga sariq kartoçka körsatgandi.
Ammo vaziyatga VAR aralaşdi va kartoçkaning rangi özgardi.

Kubarsi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borayotgan Simeoneni qöli bilan turtib yiqitgandi.

Bu vaziyat uçun «Barsa» ikki karra jazolandi. Birinçi bölimning özida son jihatdan ozçilik bölib qolgani yetmagandek, tanaffus arafasida gol ötkazib yuborildi.
Belgilangan jarima zarbasini Xulian Alvares qoyilmaqom ijro etdi va töp darvoza töqqizligiga borib tuşdi.


Ikkinçi bölimni 10 kişi bölib ötkazganiga qaramay, kök-anorranglilar hisobni tenglaştiriş uçun töxtovsiz oldinga taşlanişdi.
«Atletiko» esa hisobdan kelib çiqib öynadi va qarşi hujumlarga tayandi. Simeone ikkinçi bölimda baland böyli Aleksandr Syorlotni maydonga taşladi va uşbu norvegiyalik hujumçi Rudjyerining jarima maydoniga uzatmasini golga aylantirib, amalda öyin masalasini hal qildi.
Mezbonlar ikkinçi goldan keyin ham töliq hujumda öynadi, ammo heç bölmaganda bitta javob golini urişning uddasidan çiqa olmadi va hisob özgarmay qoldi.
Endi 14 aprel kuni «Metropolitano» öyingohida keçadigan javob bahsida «Atletiko» ikki gol ustunligini boy berişiga işoniş qiyin.
«PSJ» amalda yarimfinalda
«PSJ» – «Liverpul» 2:0
Gollar: Due, 11 (1:0). Kvaratsxeliya, 65 (2:0)
«PSJ»: Safonov, Markinos, Paço, Nunu Mendeş, Hakimi, Vitinya, Zair-Emeri, Joau Neveş, Kvaratsxeliya, Due (Li Kan In, 78), Dembele (Ernandez, 88)
«Liverpul»: Mamardaşvili, van Deyk, Gomes, Konate, Soboslai (Jons, 79), Makallister, Gravenberh, Kerkez (Roberson, 78), Frimpong (Nioni, 90+1), Virs (Gakpo, 78), Ekitike (Isak, 79)
Ogohlantirişlar: Gomes, 28. Makallister, 31
«Liverpul» Parijda «PSJ»ga qarşi keçgan öyinda asosiy yulduzisiz öynadi. Angliya kubogi çorakfinalida «Siti»ga qarşi öyinni muvaffaqiyatsiz ötkazgan Saloh zaxira örindiğida qoldi. Arne Slot öziga noodatiy bölgan beş himoyaçidan iborat sxema tanladi: Kerkez, Gomes, van Deyk, Konate va Frimpong mudofaa çiziği böylab joylaşdi.
Ammo tiğiz himoya jamoaga yordam bermadi. «PSJ» ilk daqiqalardanoq töliq taşabbusga egalik qildi va tezkor gol urdi. 11-daqiqada Duening jarima maydoniga kirib yöllagan zarbasi Gravenberhning oyoğiga tekkan holda yönalişini özgartirib, darvoza töriga borib tuşdi. Şundan keyin ham öyin «Liverpul» darvozasi tomonda keçişda davom etdi. Mezbonlar bir kişi köp bölib öynayotgandek tasavvur uyğotdi.
Birinçi bölimni «Liverpul» uçun joriy mavsumdagi eng yomon bölimlardan biri deb hisoblaş mumkin. Mehmonlar 45 daqiqa davomida raqib darvozasi tomon biror marta zarba yöllamadi – jamoada bunaqasi sönggi beş yilda kuzatilmagan. «Liverpul»ning birinçi bölimda töpga egalik qiliş körsatkiçi 25 foiz atrofida böldi, maydonda xuddi birinçi va ikkinçi liga jamoalari öynayotgandek edi.
Tanaffusda özgarişlar qilinmadi, ammo «Liverpul» ikkinçi bölimda oldinga öta boşladi. Slot şogirdlari nihoyat hujumga hujum bilan javob qaytarişga kirişdi. 49-daqiqadayoq Ekitike birinçi zarbani yölladi. Lekin «PSJ» yaxşiroq öynaşda davom etdi va 65-daqiqada amalda öyin masalasi hal qilindi. Xviça jarima maydoniga yorib kirib, Gravenberh va Mamardaşvilini ortda qoldirdi va bir neça metr masofadan töpni darvoza töriga kiritib yubordi.

Köp ötmay boş hakam «Liverpul» darvozasiga penalti belgiladi, ammo VAR uni monitor qarşisiga çaqirdi. Videotakrorda Konate töpni toza olib qöygani oydinlaşdi. U raqib oyoğiga ortdan taşlangan bölsa-da, töpga teginişga ulgurgandi.
«PSJ»da uçinçi golni uriş uçun yetarliça vaziyatlar böldi, ammo Mendeş avvaliga ustunni poyladi, sönggi daqiqalarda esa juda qulay pozitsiyada turib töğri zarba berolmadi.

«PSJ» öz uyida işonçli hisobda ğalaba qozondi va bir oyoği bilan yarim finalda turibdi. «Liverpul» olti kundan keyin öz uyida böladigan javob bahsida ikki gol farqini yöqqa çiqarişi kerak böladi.












