Facebook 6 mlrd dollarlik aksiyasini sotib olmoqchi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i 6 mlrd dollarlik A sinfidagi aksiyalarini qaytarib sotib olishni rejalashtirayotganini e'lon qildi. Bu haqda kompaniya bayonotiga iqtibos keltirgan holda CNN Money xabar bermoqda.
"Aktsiyalarni sotib olish muddati va ularning aniq miqdori ko‘plab omillarga, jumladan aksiyalar narxi, kompaniyaning umumiy holati va bozor sharoitlari hamda muqobil investitsiyalash imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi", deb aytildi kompaniya xabarida.
18 noyabrda Facebook aksiyalari savdolar oxiriga yaqin 1,1 foizga, ya'ni bir aksiya uchun 118,24 dollargacha oshdi. Kompaniyaning bozor narxi 337 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Oxirgi yillarda bir necha kompaniyalar, jumladan Apple, Google va Microsoft ijtimoiy tarmoqning aksiyalarini sotib olgan.
Avvalroq kompaniya 3-chorakdagi sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 166 foizga, ya'ni 2,37 mlrd dollargacha o‘sganini ma'lum qilgandi. Shu davr ichida tushum 56 foizga, ya'ni 7,01 mlrd dollargacha, tushumda katta ulushni tashkil qiladigan reklamadan olinadigan daromad esa 59 foizga, ya'ni 6,8 mlrd dollargacha oshgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
14:00 / 21.10.2024
Madridda hukumatga qarshi ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi
23:24 / 12.10.2024