22:24 / 19.11.2016
13560

Putin OTIH sammitiga yetib keldi

Foto: ANDINA/Oscar Farje

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peruga Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida ishtirok etish uchun yetib keldi. Uning samolyoti mamlakat poytaxti Lima aeroportiga kelib qo‘ngan.  

19 noyabrning o‘zidayoq Putin bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Putin Xitoy raisi Si Tszinpin, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, Vetnam, Peru va Filippin prezidentlari bilan uchrashadi. Uchrashuvlar davomida jahon iqtisodiyoti va geosiyosatining muhim masalalari muhokama qilinadi.

Ta'kidlanishicha, Putin AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashishi rejalashtirilmagan. Biroq prezidentlar norasmiy tarzda muloqot qilishlari mumkin.

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Putin bilan Peruda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni "bebaho imkoniyat" deb aytgan.

Sammit 19-20 noyabr kunlari Limada bo‘lib o‘tadi.

 

Top