Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA ramziy terma jamoasiga kirish bo‘yicha Messi Ronaldudan ortda
UYeFA «Yilning ramziy terma jamoasi»dan eng ko‘p marta joy olgan futbolchilardan iborat tarkibni tuzdi. Tashkilot rasmiy saytida keltirilishicha, bu ro‘yxatda Ispaniyaning 6 vakili bor.
Yil ramziy terma jamoasiga eng ko‘p portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu kirgan - 10 marta. Argentina termasi hujumchisi Lionel Messi esa faqat 7 marta bu termadan joy olgan.
Tarkib quyidagicha: Iker Kasilyas (Ispaniya, 6 marta), Karles Puyol (Ispaniya, 6), Filipp Lam (Germaniya, 5), Serxio Ramos (Ispaniya, 5), Xerard Pike (Ispaniya, 4), Xavi (Ispaniya, 5), Andres Inesta (Ispaniya, 5), Stiven Jyerrard (Angliya, 3), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 10), Lionel Messi (Argentina, 7), Terri Anri (Fransiya, 5).
Manba: tribuna.uz
Mavzuga oid
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026
Ronaldu nihoyat Saudiyada chempion bo‘ldi
20:28 / 19.05.2026