Bu safargi jahon çempionatida tarixdagi eng ahamiyatli turnirlardan biriga aylaniş imkoniyati bor. Muxlislar jahon futbolining qator afsonalari bilan xayrlaşadi, şuningdek, köplab yoş yulduzlarni sayyoraning asosiy turnirida ilk bor körişadi.
Bir vaqtning özida bir neça rekordlar yangilanişi mumkinligi tufayli ham uşbu turnir öziga xos bölişi kutilmoqda. Bu rekordlarning ba’zilari önlab yillar davomida özgarmay kelmoqda. Quyidagi materialda turnir davomida kutilayotgan rekordlar haqida.
Messi va Mbappe jahon çempionatlari tarixidagi eng yaxşi töpurarlarga aylanişi mumkin
Hozirda rekord germaniyalik maşhur hujumçi Miroslav Klozega tegişli hisoblanadi. U jami törtta turnirda qatnaşib, 16 gol urgan. Bu safargi mundialda Lionel Messi va Kilian Mbappeda uni quvib ötiş imkoniyati bor: argentinalikning hozirgaça jahon çempionatlarida urgan gollari soni 13 ta, fransuzda – 12 gol.
Turnir iştirokçilari soni 48 taga yetkazilgani tufayli pley-offda qöşimça bosqiç paydo bölgan va finalgaça boradigan jamoada oldingidek yettita emas, sakkizta öyin ötkaziş imkoni böladi. Bu esa tarixiy raqamlarni yaxşilaş vazifasini osonlaştiradi.
Mbappe esa bu mundialda Klozeni quvib yetolmagan taqdirda ham, unda kamida yana bitta uriniş böladi. Kilian hali 27 yoşda va u nafaqat rekordni yangilaşi, balki ta’qibçilardan sezilarli darajada özib ketişi mumkin böladi. Messi uçun esa oldindagi jahon çempionati oxirgisi bölib qolişi aniq. U bu turnirda Miroslavni quvib ötgan taqdirda ham uning natijasi uzoq saqlanib qolmasligi mumkin, ammo u baribir tarixiy yutuqqa erişgan böladi.
Messi va Ronaldu oltita jahon çempionatida öynagan ilk futbolçilar böladi
Qandaydir fors-major holati röy bermasa, bu boradagi rekord yangilanişi tayin. Lionel Messi va Kriştianu Ronaldu oltita jahon çempionatida maydonga çiqqan tarixdagi ilk futbolçilarga aylanişadi.
Ular özlarining ilk turnirlarini 2006 yilda ötkazişgandi, endi esa, 20 yil ötib, katta ehtimol bilan, faoliyatidagi oxirgi turnirga yöl olişgan. Nima bölganda ham, ular germaniyalik Lotar Matteus, Meksika afsonalari Antonio Karbahal, Rafael Markes va Andres Guardadoga tegişli bölgan natijani yaxşilaşadi. Ularda beştadan mundial bor.
Meksika milliy jamoasi darvozaboni Gilermo Oçoa ham oltinçi bor jahon çempionatiga kelgan, ammo u jamoada uçinçi raqamli darvozabon hisoblanadi va maydonga tuşişi ehtimoli deyarli yöq.
Ronaldu qatorasiga oltinçi jahon çempionatida gol urişi mumkin
Kriştianu gol urilgan jahon çempionatlari soni böyiça allaqaçon rekordga egalik qiladi. U beşta mundialda gol urgan (2006, 2010, 2014, 2018 va 2022).
Lionel Messi, Pele, Uve Zeyeler va Miroslav Kloze faqat törtta çempionatda gol ura olişgan. Argentinalik yulduz 2010 yilgi mundialda ham qatnaşgandi, ammo öşanda birorta gol urolmagan.
Bu safargi mundialda Ronaldu gol ura olmasa va Messi gol ursa, bu borada ularning körsatkiçlari tenglaşadi.
Messi jahon çempionatlari tarixidagi eng yaxşi assistentga aylanişi mumkin
Jahon çempionatlaridagi golli uzatmalar soni böyiça statistikani yuritişda ba’zi muammolar mavjud, çunki dastlabki turnirlardagi golli uzatmalar turli manbalarda turliça hisoblangan. Ammo Britannica ensiklopediyasi versiyasiga e’tibor qaratiladigan bölsa, ikki argentinalik afsona – Lionel Messi va Diyego Maradonada sakkiztadan golli uzatma bor va ular birinçi örinni bölişib turişibdi.
Demak, Messi bu borada yaqqol peşqadam bölib olişi uçun yana bitta assist qilişi yetarli böladi. Şu tariqa, u bu turnirda nafaqat gollar soni böyiça Klozeni, balki golli uzatmalar soni böyiça Maradonani ortda qoldirişi mumkin böladi.
Messi jahon çempionatlaridagi ğalabalar soni böyiça rekordçiga aylanişi mumkin
Messi Klozeni nafaqat gollar soni böyiça, balki ğalaba qozonilgan öyinlar soni böyiça ham ortda qoldirişi mumkin. Hozirda germaniyalik hujumçining hisobida jahon çempionatlaridagi 17 ğalaba mavjud, argentinalikda – 16 ta.
Messi yakunda bu çöqqiga çiqa olmasligi uçun Argentina turnirni juda yomon ötkazişi talab etiladi. Messi Kloze bilan tenglaşişi uçun bitta ğalaba yetarli, ikki ğalaba esa uni birinçi öringa olib çiqadi.
Mbappe Kafuning rekordini takrorlaşi mumkin
Afsonaviy himoyaçi Kafu qatorasiga uçta mundial finaliga çiqqan yagona futbolçi bölib qolmoqda: 1994, 1998 va 2002 yillarda. Şundan ikkitasida brazillar ğalaba qozongan.
Mbappe esa ikki marta jahon birinçiliklari finallarida öynadi. Birinçisida u ğalaba qozongandi, ikkinçisida, JÇ-2022 finalida Argentina darvozasiga uçta gol urganiga qaramay, boş sovrindan quruq qolgandi. Agar uning jamoasi bu safar ham finalga çiqadigan bölsa, Mbappe Kafuga yetib oladi, nazariy jihatdan unda 2030 yilda bu borada yaqqol peşqadam bölib oliş imkoniyati böladi.
Agar terma jamoalar miqyosida olinsa, Braziliyadan taşqari GFR terma jamoasi ham 1982 yildan 1990 yilgaça bölgan oraliqda qatorasiga uçta finalda öynagan. Endi bu kompaniyaga Fransiya ham qöşilişi mumkin.
Deşam JÇda eng köp ğalabaga erişgan murabbiy bölişi mumkin
Dide Deşam iyulda Fransiya milliy jamoasi boşqaruvini tark etişini e’lon qilgan. Ammo ketiş oldidan u mundialda eng köp ğalabaga erişgan murabbiy sifatida tarixga kirişi mumkin.
Hozirda bu boradagi rekord GFRning afsonaviy murabbiyi Helmut Şenga tegişli bölib turibdi, 1964 yildan 1978 yilga qadar terma jamoani boşqargan uşbu mutaxassis jahon çempionatlarida 25 öyin ötkazib, şundan 16 tasida ğalaba qozongan. Ikki körsatkiç ham hozirça rekord hisoblanadi.
Deşamning hisobidagi ğalabalar soni 14 ta. U Şen bilan tenglaşişiş uçun fransuzlarga ikkita, yangi rekord uçun – uçta ğalaba kerak. Bu natijaga guruh bosqiçidayoq erişiş mumkin.
Jahon çempionatlaridagi öyinlar soni böyiça rekord ham Şenga tegişli (25). Deşamda bunday öyinlar soni – 19 ta. U bu borada ham Şenni quvib ötişi uçun Fransiya kamida yarimfinalga çiqişi talab etiladi.
Kurtua va Noyyer quruq öyinlar soni böyiça rekord örnatişga urinib köradi
Darvozabonlarning rekordlari haqida gap ketsa, jahon çempionatlarida eng köp quruq öyin ötkazgan darvozabonlar Piter Şilton va Fabiyen Bartezdir – 10 tadan.
Şilton uçta turnirda qatnaşgan va Maradonaning maşhur «Xudoning qöli» bilan urilgan gol deb atalgan gol aynan u qöriqlayotgan darvozaga urilgandi. Bartez ham uç marta jahon çempionatlarida qatnaşgan, 1998 yil Fransiya maydonlarida ötkazilgan turnirda ğolib bölgan.
Tibo Kurtua va Manuel Noyyerning hisobida yettitadan quruq öyin bor. Lekin germaniyalik posbon oxirgi ikki çempionatda biror marta öz darvozasi daxlsizligini saqlay olmadi, ammo bu safar ham turnirga Germaniya milliy jamoasining asosiy posboni sifatida taşrif buyurgan. Unda rekord uçun imkoniyat bor.
Kurtuada esa hali nisbatan yoş bölgani uçun bu borada rekordni yangilaş uçun 2030 yilda yana bir imkon böladi – buning uçun avvalo Belgiya tört yil keyingi turnirga yöllanma olişi, Kurtuaning özi esa asosiy tarkibdagi örnini saqlab qolişi talab etiladi.
Gollar soni böyiça rekord yangilanadi
2022 yilgi jahon çempionati tarixdagi eng gollarga boy turnir bölgandi: 172 gol. Ammo bu rekord, katta ehtimol bilan, yangilanadi.
Buning asosiy sababi oddiy – öyinlar sonida katta farq bor. Tört yil oldin jami 64 ta öyin ötkazilgan, bu safar 104 ta böladi. Gollar soni böyiça rekord yangilanişi uçun turnirda bir öyinda örtaça 1,67 ta gol urilişi yetarli böladi. Bugungi futbol uçun esa bu ança past planka hisoblanadi.
JÇ-2026 eng köp muxlis taşrifi kuzatiladigan turnir bölişi mumkin

Foto Getty Images
Muxlislar taşrifi böyiça hozirgi rekord 1994 yilgi jahon çempionatida qayd etilgan, öşanda ham mundialga AQŞ mezbonlik qilgandi. Öşa turnirdagi 52 öyinga jami 3 587 538 nafar muxlis tuşgandi.
Oldindagi mundialda bu miqdor ança köp bölişi kutilmoqda. Bu yerda ham sabab format bilan boğliq: 1994 yilgi turnir bilan soliştirganda, öyinlar soni ikki baravar köproq böladi, qolaversa,
AQŞ, Meksika va Kanadadagi stadionlarning barçasi köp muxlisni siğdira oladi.
Argentina titulni himoya qilib, noyob rekordni takrorlaşi mumkin
2022 yilda jahon çempioni bölgan Argentina titul uçun asosiy da’vogarlardan biri bölib turibdi. Agar Lionel Skaloni şogirdlari bu safargi turnirda ham ğolib çiqişsa, argentinaliklar qatorasiga ikki çempionatda boş sovrinni öziniki qilgan uçinçi jamoaga aylanişadi.
Buni birinçi bölib 1934 va 1938 yillarda italyanlar, keyin esa 1958 va 1962 yillarda Braziliya terma jamoasi uddalagandi. 64 yildan buyon heç bir jamoa titulni himoya qila olgani yöq. Argentina bu seriyaga barham berişi mumkin.













