Jahon | 14:41 / 20.11.2016
3777
2 daqiqa o‘qiladi

Haagada politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishdan keyin 166 kishi qo‘lga olindi

Foto: RT

Niderlandiya huquq-tartibot organlari Haaga shahrida «politsiya zo‘ravonligi va hukumat jabr-zulmiga qarshi» namoyish o‘tkazgan Fight Repression guruhining 166 nafar antifashistlari va anarxistlarini qo‘lga oldi.

RT France nashrining politsiya ma'lumotlariga asoslanib xabar berishicha, 200 nafarga yaqin namoyishchi Haaga shahri markazidagi maydonga chiqqandi. Saytda yozilishicha, ular «Antifashistlar va anarxistlarga qarshi repressiyani bas qiling» shiori ostida harakatlanishgan.

Politsiya vakilining aytishicha, shahar hukumati o‘z yuzlarini bekitmasligi sharti bilan miting o‘tkazishga ruxsat bergan edi. Lekin aksiya ishtirokchilarining aksari ushbu talabni bajarmasdan, qora ko‘zoynaklar hamda kapyushonlar (ustki kiyim yoqasiga biriktirib tikiladigan qaytarma qalpoq) orqali yuzini yashirgach, huquq-tartibot organlari qoidabuzarlarni qo‘lga olishni boshlagan.

166 namoyishchidan iborat guruh maydonda qolishni afzal ko‘rgan, u yerda ular xalq namoyishlari haqidagi qonunni buzgani uchun hibsga olingan va so‘roq qilingan. Ularning yonidan bo‘yoqli ballonchalar, pirotexnika va kaltaklar topilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid