Jahon | 17:45 / 20.11.2016
12261
1 daqiqa o‘qiladi

Halabdagi maktabga raketa kelib tushishi oqibatida 5 bola halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Suriyaning Halab shahrida o‘quv binosiga berilgan raketa zarbasi oqibatida kamida 5 bola halok bo‘lgan. Bu hodisa Ash-Shuxaba mavzesiga amalga oshirilgan hujum oqibatida ro‘y bergan. Bu haqda SANA agentligi xabar tarqatgan.

Agentlik manbasi ma'lumotiga ko‘ra, raketa zarbasi Ar-Furkan tumanidagi maktabga zarba berish bilan boshlangan. Bu hujum oqibatida yana 10 bola jabrlangan.

Jangarilar Ash-Shuhaba mavzesidagi shifoxona hamda shahardagi universitetning yuridik fakulteti binosiga hujum qilgan. Bu hujumlar oqibatida bir ayol halok bo‘lib, yana 10 kishi jarohatlangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid