Sport | 16:47 / 20.11.2016
3533
1 daqiqa o‘qiladi

Kreyg Ridi WADA boshlig‘i sifatida qayta saylandi

Britaniyalik Kreyg Ridi Butunjahon aksildoping agentligi (WADA)ga prezident sifatida qayta tayinlandi. Bu haqda tashkilotning Twitter’dagi rasmiy mikroblogida xabar berilgan.
Bunday qarorga Shotlandiyaning Glazgo shahrida WADA kengashi asoschilari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda kelingan. Ridi keyingi uch yillik muddatga mazkur mansabga saylangan.
"Kreyg Ridi ikkinchi muddatga WADA prezidenti sifatida saylandi", — deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun: Ridi WADA tashkilotini 2013 yilning noyabr oyidan boshqarib keladi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid