Jahon | 09:59 / 20.11.2016
5833
2 daqiqa o‘qiladi

Litvada 11 ta davlat harbiylari ishtirokida NATO mashg‘ulotlari boshlanadi

Foto: AP

Litvada 20 noyabrda boshlanadigan NATOning Iron Sword (Temir qilich) deb nomlangan katta ko‘lamdagi harbiy mashg‘ulotlarida NATOga a'zo 11 ta davlatdan 4 ming harbiy ishtirok etadi. Litva mudofaa vazirligida ma'lum qilinishicha, mashg‘ulotlar Yonav tumanidagi Gayjyunay va Shvenchen tumanidagi Pabrada poligonlarida bo‘lib o‘tadi.

"Vaqt qurolli kuchlar oldiga avval bo‘lmagan ko‘rinishdagi yangi chaqiriqlarni qo‘ymoqda. Bu chaqiriqlarga samarali javob berish uchun bo‘linma va shtablarni tegishli ravishda tayyorlash kerak", deb aytdi Litva qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, brigada generali Valdemaras Rupshis.

Generalning aytishicha, mashg‘ulotlarning asosiy vazifalaridan biri shunday xavflarni qaytarishdan iborat.

Mashg‘ulotlar davomida NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarning mudofaa va hujumkor operatsiyalaridagi o‘zaro harakatlari, qo‘shinlar to‘planadigan joyga bo‘linmalarni tashlash, aholi punktlari sharoitlarida jangavor harakatlarni olib borish manyovrlari mashq qilinadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid