Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York politsiyachilari ularga politsiya to‘qmog‘i bilan hujum qilgan erkakni otib tashlashdi
Foto: © AP
Nyu-Yorkning Bruklin tumanida patrul kuzatuvi olib borayotgan politsiyachilar ularni politsiya to‘qmog‘i bilan urgan erkakni otib tashlashdi. E'tiborlisi, erkak bu to‘qmoqni politsiyachilarning o‘zidan tortib olgan.
NBC New York telekanali ma'lum qilishicha, erkak va ayol politsiyachi shubhali ko‘ringan erkakni to‘xtatib, undan hujjatlarini ko‘rsatishni so‘rashganda u ijirg‘anib, ular bilan bahslashib ketgan. Dahanaki jang mushtlashuvga aylanib ketib, gumonlanuvchi politsiyachilardan biridan to‘qmog‘ini yulib olib, ularning boshlariga ura ketgan. Politsiyachilar noiloj erkakni otib tashlashgan.
Politsiyachilar jarohat olganlari sababli shifoxonaga yetkazildilar: erkak politsiyachining boshi yorilgan, ayol politsiyachi esa kontuziya olgan.
Mavzuga oid
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
12:09 / 13.01.2026
Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani qo‘lga oldi
09:20 / 02.01.2026
Germaniyada politsiya xodimlariga hujumlar bo‘yicha tezkor sudlar o‘tkazish talab qilindi
12:21 / 01.01.2026