Sport | 09:06 / 20.11.2016
9095
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu Madrid derbisida ikkita rekord o‘rnatdi

Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionatining 12-turida Madrid derbisida "Atletiko" bilan uchrashdi. "Atletiko" uy maydoni hisoblanmish "Visente Kalderon" stadionida o‘tgan uchrashuv qirollik klubining 0:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘yinda xet-trik amalga oshirib, Madrid derbisi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Tribuna.uz xabariga ko‘ra, endilikda Ronaldu 18 ta gol bilan "Real"ning afsonaviy hujumchisi Alfredo Di Stefanoni bir to‘pga ortda qoldirdi.

Shuningdek, Ronaldu "Atletiko"ga qarshi mehmon uchrashuvlarida ikki marta xet-trik amalga oshirgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid