Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 20-30 yosh atrofidagi qora tanli shaxs politsiyachining boshiga qarata o‘q uzdi
Foto: Reuters
AQShda noma'lum shaxs ikki nafar politsiyachini otib tashladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Birinchi voqea Texas shtatining San-Antonio shahrida yuz berdi. 50 yashar detektiv Benjamin Markonini patrul avtomobilida otib ketishgan. Kamera orqali yozib olingan tasvirda 20-30 yosh atrofida bo‘lgan qora tanli yigit qotillik qilgan. U Markoni o‘tirgan mashinaga yaqinlashgan va detektivning boshidan otib tashlagan. Shundan so‘ng qora mashinaga o‘tirgan va juftakni rostlagan.
Oradan bir necha soat o‘tgach, Missuri shtatining Sent-Luis shahrida patrul mashinasi to‘xtab turgan joyga shaxsi noma'lum kishi o‘z mashinasini to‘xtatadi. So‘ng haydovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan politsiyachiga qarata o‘q uzadi hamda qotillik joyidan yashirinadi. Politsiyachi o‘lmay qoladi. U shifokorlar yetib kelgunga qadar bo‘lgan voqeani hamkasblariga aytishga ulguradi.
Bu voqealar o‘zaro bog‘liqligi yuzasidan aniq ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
13:42
AQSh va Eron Fors ko‘rfazida yangi hujumlar boshladi
09:26
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
08:23 / 04.05.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod etish» operatsiyasini e’lon qildi
08:12 / 04.05.2026