Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA elchisi bilan uchrashuvda jinoyatchilarni ushlab berish va topshirish masalasi bo‘yicha kelishib olindi
21 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Birlashgan Arab Amirliklari elchisi Mohammed Hareb Almehairbi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasida davlatlararo shartnomalar ratifikatsiya yorliqlari bilan almashinish to‘g‘risida bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bayonnoma jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida shartnomani, ushlab berish to‘g‘risidagi shartnomani, mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomani o‘z ichiga oladi.
Mazkur shartnomalar ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilgan sanadan 30 kun o‘tib, 2016 yil 21 dekabrda kuchga kiradi.
Mavzuga oid
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
10:00 / 15.06.2026