Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan jazoni ijro etiş muassasalarida mahkumlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga oid adabiyotlarni öqişini baholaş va tasdiqlaş tartibi belgilandi.

Hujjatga köra, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamkorligida mahkumlar uçun maxsus adabiyotlar röyxati şakllantiriladi va har yili yangilanib boriladi.

Mahkumlar öqigan kitoblari böyiça maxsus elektron tizim orqali test sinovlaridan ötadi. Testlar 100 ballik tizim asosida baholanadi va muvaffaqiyatli natija qayd etilişi uçun kamida 70 ball töplaş talab etiladi.

Qarorga muvofiq, mahkumning jazo muddati har bir öqilgan kitob uçun uç kunga qisqartiriladi. Biroq bir yil davomida qisqartiriladigan muddatning umumiy hajmi öttiz kundan oşmasligi belgilangan.

Test jarayonlarining şaffofligini ta’minlaş maqsadida muassasalarda maxsus komissiyalar taşkil etiladi. Komissiya tarkibiga muassasa xodimlari bilan bir qatorda jamoatçilik vakillari ham kiritiladi. Şuningdek, test sinovlari videokuzatuv vositalari orqali nazorat qilinadi.

Mutasaddilarning ta’kidlaşiça, mazkur tartib mahkumlarni kitobxonlikka jalb qiliş, ularning ma’naviy saviyasini oşiriş hamda jamiyatga moslaşuvini kuçaytirişga xizmat qiladi.