Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya harbiy-dengiz floti tarkibidagi kemalar soni yetarli emasligi oshkor etildi
Foto: Wikiwand.com
Buyuk Britaniya hukumati qirollik harbiy-dengiz flotini modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalarini qayta ko‘rib chiqmasa, u tahdidlar qarshisida kuchsizlanib qolishi mumkin. The Guardian gazetasida chop etilgan maqolada shu haqda so‘z yuritilgan.
Mamlakat parlamentining mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mitasida qayd etishlaricha, qirollik flotidagi harbiy kemalar soni hozirning o‘zidayoq «ancha kamdir» va hukumat 2035 yilgacha eskirgan fregatlarni almashtirish bo‘yicha reja borasida bir to‘xtamga kelmas ekan, vaziyat yanada qaltis tus olishi mumkin.
Britaniya mudofaa vazirligi bu vaqtga kelib, mamlakatni atigi 19ta esmintsi va fregati bilan mudofaa qila oladi. Bu, qo‘mita raisi Julian Lyuis ta'biriga ko‘ra «juda ham kamdir». Flot tarkibining yanada qisqarishini, uning so‘zlariga ko‘ra, «qabul qilib bo‘lmaydi» va bu holat Buyuk Britaniyani Rossiya hamda Yaqin sharq tahdidlari qarshisida kuchsizlantiradi. Bundan tashqari, London NATO doirasidagi majburiyatlarini ado etish imkonidan mahrum bo‘ladi.
Deputatning aytishicha, 2023-2035 yillarda 13ta fregat armiya safidan chiqarilishi kerak. Ammo, yangi kemalarni qurish jadvali va ularni moliyalashtirish «jiddiy xavotirlar»ga sabab bo‘lmoqda.
15 noyabr kuni ma'lum qilinganidek, 2018 yilda Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotidagi kemalarga qarshi «Garpun» raketalarini qayta ishlashga yuboradi. Ammo, mamlakat hukumati bu raketalar o‘rnini to‘ldirish bo‘yicha biror chora ishlab chiqmagan.
Bu esa, qirollik harbiy flotini raqib kemalariga nisbatan kuchsizlantiradi.
Mavzuga oid
22:48 / 25.02.2026
Birinchi Ukraina harbiy zavodi Buyuk Britaniyada ish boshladi - Zalujniy
12:19 / 25.02.2026
Britaniya savdo vakili O‘zbekistonda: savdo-sarmoya aloqalari mustahkamlanadi
12:02 / 23.02.2026
Jon Xili: Sulhdan keyin Ukrainaga qo‘shin yuborishni xohlayman
13:10 / 21.02.2026