Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 2017 yilda ilk yuk kosmik kemasini parvozga chiqaradi
«Tyangun-2» ("Samoviy saroy-2") ilk to‘laqonli kosmik laboratoriyasi orbitaga olib chiqilgan va ishga tushirilgan, unda turli ilmiy tajribalar va dasturiy sinovlar o‘tkazilmoqda. Yaqinda u yerdan birinchi kosmonavtlar qaytishdi.
Xitoy kosmik dasturi taraqqiy etmoqda, shu bois mamlakatning shaxsiy kosmik stansiya qurilishi rejasini inobatga olib, uni barcha kerakli jihozlar bilan ta'minlash mantiqan to‘g‘ridir. Buning uchun xitoylik muhandislar shaxsiy «Tyanchjou-1» yuk kemasini ishlab chiqishmoqda. Hi-News nashri shu haqida xabar berdi.
Xitoyning Kosmik dastur kantselyariyasi rahbari Van Chjaoyao o‘tgan juma kuni matbuot konferensiyasini o‘tkazdi va yuk kosmik kemasining ilk parvozi 2017 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilishini ma'lum qildi.
Hozirda kemani yig‘ish ishlari olib borilmoqda. Hammasi tayyor bo‘lganidan keyin ilk parvoz amalga oshiriladi.
«Tyanchjou-1» kosmik kemasi stansiyaga yoqilg‘i, ilmiy-tadqiqot uskunasi, zaxira qismlari va boshqa kerakli jihozlarni yetkazib berishga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026