Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Yamanda yarashuv sulhini uzaytirishdan bosh tortdi
Foto: fact. international
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamanda isyonchi xusiylar bilan ikki kunlik yarashuv sulhini uzaytirmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Yarashuv muddati 21 noyabrda tugagan. Koalitsiya rasmiy vakilining aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish tartibi xusiylar tomonidan bir necha marotaba buzilgani sababli, uni uzaytirishdan ma'no bo‘lmagan. Isyonchilar esa o‘z navbatida yarashuvning barbod bo‘lishida saudiyaliklar va ularning ittifoqdoshlarini ayblashgan. Ularning aytishicha, o‘t ochishning to‘xtatilishi adovatdagi tomonlar o‘rtasidagi kelishuvni barbod qilishga qaratilgan bo‘lgan.
17 noyabrda AQSh davlat kotibi Jon Kerri AQSh vositachiligida Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy va unga qarshi kurashayotgan xusiylar bilan kelishuvga erishilganini ma'lum qilgandi. Kelishuvlarga ko‘ra, tomonlar tinchlik sulhi tuzib, milliy birdamlikni shakllantirishga intilishlari kerak bo‘lgan. Biroq keyinroq Xodiy hech qanday majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaganini ma'lum qilgan.
Yamanda oxirgi bir necha yillardan beri fuqarolik urushi davom etmoqda. Ixtilofning bir tomonida xusiylarning jangovar qanoti – "Ansor Alloh" shialar harakati va armiyaning sobiq prezident Ali Abdulloh Salohni qo‘llab-quvvatlovchi qismi, ikkinchi tomonida esa mamlakatdan siqib chiqarilgan prezident Xodiy va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya jang qilmoqda.
Mavzuga oid
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026