Duşanba kuni Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati Eron samolyotining qönişiga tösqinlik qiliş uçun Sano aeroportiga hujum qildi. Husiylar bunga javoban Saudiya Arabistonining Abha aeroportiga ballistik raketalar otdi.

Xalqaro tan olingan Yaman hukumatining kuçlari Erondan husiylar delegatsiyasini olib kelayotgan samolyotning qönişiga yöl qöymaslik uçun 13 iyul kuni Sano aeroportining uçiş-qöniş yölagini bombardimon qildi.

Duşanba kuni ertalab Yaman mudofaa vaziri – rasmiy Tehron va husiylarni Eron samolyotlarining Yaman havo hududini buzişini töxtatişga köndiriş böyiça diplomatik urinişlarni tugatganini aytdi.

Uning sözlariga köra, hukumat kuçlari Yaman havo hududini buzgan har qanday «duşman samolyotiga barça mavjud vositalar bilan» javob beradi va bunga Eronni javobgar deb hisoblaydi.

Bugungi kunda poytaxt Sano va şimoliy Yamanning katta qismi, jumladan, Qizil dengizning ğarbiy sohilidagi Hudayda port şahri Eron bilan aloqador husiyçilar nazoratida qolmoqda. Saudiya Arabistoni va arab davlatlari tomonidan qöllab-quvvatlanadigan hukumat esa mamlakat janubidagi Adan şahrida joylaşgan.

2026-07-14 09.01.26
Sano aeroportiga hujum

«Eron rejimi tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiy guruhlari Yaman milliy samolyotlarining poytaxt Sano aeroportiga qönişiga tösqinlik qildi. Şuningdek, Eron samolyotining Yaman havo hududini buzib kirişini talab qildi. Şuning uçun aeroportning uçiş-qöniş yölagi nişonga olindi», deyiladi hukumatning duşanba kunidagi bayonotida.

Al-Jazeera naşrining yozişiça