Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya NATO bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishi mumkinmi?
Foto: © EPA
Anqara ma'muriyati AQSh va NATO bilan munosabatlarini qayta baholash jarayonini amalga oshirayotgani yo‘q. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an CBS telekanaliga bergan intervyusida shunday bayonot berdi.
"Hozirda bu masala muhokama qilinayotgani yo‘q. Biz, har doimgidek, NATO yo‘nalishida harakatni davom ettirmoqdamiz", - degan turk yetakchisi.
Biroq, Erdo‘g‘an AQShni kurd bo‘linmalariga yordam berayotgani uchun tanqid qilgan.
"Siz IShID bilan jang qilayotgani uchun boshqa bir terrorchilik tashkilotini himoya qila olmaysiz. Terrorchilik tashkilotlarini yaxshi va yomonga ajratib bo‘lmaydi. Ayni masala yuzasidan esa biz AQSh bilan kelishuvga erisha olganimiz yo‘q", - deya uqdirgan Turkiya prezidenti.
Shu bilan birga, Erdo‘g‘an AQShdan ko‘ngli qolganini tan olgan. "Ruxsatingiz bilan dangal gapirsam, umuman, men ochiq gapirishim bilan yaxshi tanilganman. Ko‘nglim qolmagan, desam yolg‘on bo‘ladi, chunki mening AQShdan ko‘nglim qolgan", - deb izoh bergan Erdo‘g‘an AQShga nisbatan fikrlarini bildirar ekan.
Mavzuga oid
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalar qayta boshlanishiga ishora qildi
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
10:25 / 27.05.2026
AQSh kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda
09:55 / 27.05.2026