Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frantsuz merosga olgan uyidan antiqa "xazina" topdi
Foto: © La Dépêche Évreux
Fransiyaning Evre shahrida yashovchi erkak o‘ziga meros qolgan uyning turli xonalarida yashirilgan 100 kg oltin topib oldi, deb xabar bermoqda Normandie-Actu nashri.
Ma'lum qilinishicha, fransuz oltinlarni uyidan eski mebellarni olib chiqib tashlayotganda topib olgan. Avval u javon tubiga mahkamlangan qutini topib olgan. Quti ichida esa oltin tangalar bo‘lgan. So‘ngra qimmatbaho metall uyning boshqa xonalarida, jumladan vannaxonada ham topilgan.
Hammasi bo‘lib 5 mingta oltin tanga, ikkita 12 kg lik va 37 ta 1 kg lik yombilar topilgan. Kutilmagan xazinaning narxi 3,5 mln yevroni tashkil qilgan.
Omadi chopgan fransuz bundan tashqari ushbu oltinlar o‘tgan asrning 50-60-yillarida qonuniy ravishda sotib olinganini tasdiqlovchi hujjatlarni ham topgan. Merosxo‘r barcha topilgan oltinlarni auksionda sotib yuborgan. Oltin buyumlarni fransuzlar va xorijliklar xarid qilishgan.
Fransiyadagi xazinalar haqidagi qonunga ko‘ra, fransuz oltinlar sotilishidan tushgan pullardan 45 foizini oladi.
Mavzuga oid
08:52
Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
09:32 / 26.01.2026
Rossiyaning “yashirin flot”ga mansub kema kapitani Fransiyada hibsga olindi
13:55 / 24.01.2026
Qilichbozlik bo‘yicha YeCh Tallindan Fransiyaga ko‘chirildi: sabab - vizalar
10:03 / 23.01.2026