Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilar ish tashlashi sababli 870 reysni bekor qildi
Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi uchuvchilar ish tashlashi sababli 23 noyabrga belgilangan 870 reysini bekor qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati vakili TASS axborot agentligiga telefonda ma'lum qilgan.
"Dastlab 3 mingdan kamroq reys rejalashtirgandi, ulardan 2,1 mingtasi amalga oshiriladi, taxminan 870 tasi bekor qilindi", deb aytgan manba. Bu holat xalqaro va ichki reyslarga ta'sir qilgan. Bekor qilingan reyslar ro‘yxati hozircha chop etilmagan.
Ma'lum qilinishicha, ish tashlash 100 ming yo‘lovchiga ta'sir ko‘rsatadi.
Ish tashlashga aviakompaniyalar xodimlari manfaatini bildiruvchi Vereinigung Cockpit kasaba uyushmasi chaqirgan. Tashkilot mavjud tarif kelishuvlariga o‘zgartirishlar kiritish, jumladan Lufthansa aviakompaniyasi, uning sho‘'ba aviakompaniyasi Germanwings hamda Lufthansa Cargo yuk bo‘limi uchuvchilarining ish haqi 5 yil davomida 22 foizga oshirilishini talab qilmoqda.
Joriy ish tashlash 2014 aprelidan o‘n to‘rtinchisi bo‘ladi. Bu ish tashlashlardan aviakompaniya ko‘rgan zarar 300 mln yevro atrofida baholanmoqda.
Mavzuga oid
00:51 / 06.11.2024
Boeing xodimlari ish tashlashni to‘xtatdi va korporatsiyaning yangi shartlarini qabul qildi
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
17:13 / 30.10.2024
BMW, Mercedes, Porsche va boshqa nemis kompaniyalarida umummilliy ish tashlash boshlandi
08:40 / 16.10.2024